Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qömitasining çegara qöşinlari boşqarmasi 22 iyulda Qirğiziston çegarasida yuz bergan köngilsiz voqeani Tojikiston va Qirğiziston prezidentlarining Isfara şahridagi uçraşuvi arafasida amalga oşirilgan iğvo deb atadi. 

Tojikistonning Vorux va Qirğizistonning Aksay qişloqlari aholisi iştirokida yuz bergan nizoda Tojikiston tomondan 16 kişi, Qirğiziston tomondan 5 kişi jabrlangani ma'lum qilingandi. 

“Ikki qöşni davlat rahbarlarining Isfara şahridagi oliy darajadagi uçraşuvi arafasida yuz bergan voqea ba'zi manfaatdor qirğiz doiralari çegara çiziğida tinçlik-osoyiştalikni istamayotganlari va iğvolarga borayotganlaridan darak beradi”, deyilgan Tojikiston tomoni bayonotida. Avvalroq Tojikiston hukumatidagi manba ikki davlat yetakçilarining uçraşuvi joriy haftada bölib ötişini ma'lum qilgan.

Tojikiston çegara qöşinlari ma'lumotlariga köra, 22 iyulda Vorux qişloği aholisi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Isfaraga amaliy safari va uning Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşuviga tayyorgarlik köriş doirasida obodonlaştiriş işlari bilan şuğullangan. Jumladan, Vorux jamoati hududidagi ustunda Tojikiston bayroği örnatilgan. “Mahalliy vaqt bilan soat 16.35 atrofida Qirğiziston fuqarolari bunga qarşilik qilib, özboşimçalik bilan yer kavlab, “Ak-say” yozuvini örnatib, Qirğiziston bayroğini örnatişgan. Qirğiziston fuqarolari buni Tojikiston hududida amalga oşirganlari sababli Vorux aholisi bunga qarşilik qilgan. Oqibatda ikki davlat aholisi orasida nizo çiqqan”, deyilgan xabarda. 

Tojikiston tomonining xabar berişiça, Aksay aholisi tojiklar tomon toşlar uloqtirgan va öqotar qurol qöllagan. Buning oqibatida Tojikiston fuqarosi, Vorux qişloğida yaşovçi Jalol Qorayev halok bölgan, yana 3 kişi yaralangan. Yana 7 tojik toşlar zarbasidan oğir jarohat olgan.

Avvalroq Isfara şahri rahbariyati mojaro oqibatida 16 kişi jabrlanganini ma'lum qilgan. Xabarda ta'kidlanişiça, Qirğiziston fuqarolari vaziyatdan foydalanib, “Isfara-Vorux” yölini qonunga xilof tarzda tösib qöyişgan.

“Ayni vaqtda voqea joyida Tojikiston va Qirğiziston çegara boşqarmalari, boşqa mutasaddi idoralar vakillari qolmoqda”, deyilgan bayonotda. 

Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi çegara uzunligi 970 kmni taşkil qiladi. Sobiq ittifoq parçalangandan keyin bu çegarada 70 ga yaqin bahsli qismlar qolgan, ular vaqti-vaqti bilan ikki davlat aholisi va harbiylari örtasida mojaro çiqişiga sabab bölgan. 3 yil avval Bişkek va Duşanbe çegaraning umumiy qismining demarkatsiyasi va delimitatsiyasini faollaştirişga kelişib olgan. Hozirda 600 kmga yaqin masofada çegara çiziğining ötişi böyiça kelişişga erişilgan.