Bojxonachilar 113 million so‘mlik mahsulot ortilgan «Kobalt»ni to‘xtatishdi
Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Jumladan, fuqaro X.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning avtomashinasi saloni va yukxonasida aksiz markalari bilan markalanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 112,6 million so‘mlik 9125 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024