Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 8 oyda 519ta tadbirkorlik sub'yekti faoliyati tugatilgan
2019 yil 4 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya yig‘ilishida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda, shuningdek 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar muhokama qilindi.
O‘rganishlar mobaynida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani bilan birga, yer uchastkalarini ajratish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham mavjudligi aniqlandi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasidan, kredit va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ta'minlashga doir masalalari hududiy boshqaruv organlarining vakolatlari doirasida o‘z vaqtida hal etilmagani natijasida o‘tgan 8 oyda 519 ta tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati tugatilgani ham tanqid ostiga olindi.
Kichik biznes sub'yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish, mahsulot ishlab chiqarish va ularning bozorini topishgacha bo‘lgan jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tijorat banklari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Sessiyada faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlariga qayta ish boshlashi uchun imkoniyatlar yaratib berish, ular duch kelayotgan to‘siqlarni amaliy ko‘mak bilan bartaraf etish maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosi uchun mas'ullar belgilab olindi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025