Jamiyat | 13:41 / 09.09.2019
16815
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda aliment nizosi qotillikka sabab bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 8 sentabr kuni soat 01:00larda fuqaro T.E (1979 y.t.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani «Istiqbol» mahallasida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i T.P (1981 y.t.) bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxs sobiq rafiqasini qo‘llari bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid