O‘zbekiston | 00:15 / 10.09.2019
55668
2 daqiqa o‘qiladi

Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha yopiq sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

«Sud jarayoni davom etmoqda», – deyiladi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati axborotida.

Ma'lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov 1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma'lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

U 2019 yilning 10 mayida firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi.

Mavzuga oid