Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud boşlandi. Bu haqda Özbekiston Oliy sudi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvçi bölib işlagan sudlanuvçi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora beriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
«Sud jarayoni davom etmoqda», – deyiladi Özbekiston Oliy sudi matbuot xizmati axborotida.
Ma'lumot uçun, Said-Abdulaziz Yusupov 1982 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan, millati – özbek, Özbekiston fuqarosi, ma'lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlangan, Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvçi bölib işlagan.
U 2019 yilning 10 mayida firibgarlikda gumonlanib qölga olingan edi.











