Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada dunyodagi eng qadimiy DNK topildi
Gruziyalik olimlar va ularning xorijiy hamkasblarining ko‘p yillik biomolekulyar tadqiqoti hayvon qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNK Gruziyaning janubida, Tbilisidan 90 km uzoqlikdagi qadimgi Dmanisi shahrida topilganini tasdiqladi.
Gruziya milliy muzeyi xabarida qadimgi shaharda topilgan karkidonning tish emalidan 1,77 mln yillik muhim genetik ma'lumot olingani ma'lum qilingan.

“Bu hayvonlar qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNKdir. U bungacha Kanadaning Ukon orolida topilgan otdan olingan 700 ming yillik DNKdan million yilga qadimiyroqdir”, deyilgan xabarda.
Olimlarning aytishicha, “bu topilma qadimiy biomolekulyar tadqiqotlardagi kashfiyotdir”. U bugungacha mumkin bo‘lgandan ko‘ra ancha erta davrlarning evolyutsion suratini tiklashga hamda hayvonlar va insonlarning ajdodlari tarixini o‘rganishga imkon beradi.
Dmanisi qo‘hna shahar bo‘lib, uning hududida arxeologik qazilmalar 1930-yillardan boshlangan. U yerda turli davlatlar arxeologlari ish olib boradi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
16:19 / 09.01.2026