O‘zbekiston | 18:34 / 13.09.2019
11211
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat test markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari tayinlandi. 

Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 13 sentabr kuni imzolangan hujjatga ko‘ra, Sherzod Negmurodovich Botirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Sherzod Botirov bundan avval Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tizimida ishlagan. 2011 yil «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari o‘tkaziladi:

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun;

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun;

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun;

Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qilish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun;

Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichi g‘oliblarini aniqlash uchun;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qilish uchun;

Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uchun.

Mavzuga oid