«DTM özgarmasa, foydasi yöq» - ta'limdagi ikki imtihon birlaştirilişi haqida ekspert bilan suhbat
|19:39 / 26.07.202044 69412 min
Özbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarini unifikatsiya qiliş va yagona imtihonni joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Bu böyiça e'lon qilingan prezident qarori loyihasida 2021-2022 öquv yilida tajriba sinov tariqasida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy örta maktab va akademik litsey, 2022-2023 öquv yilidan esa barça imtihonlar unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini ötkaziş yölga qöyilişi taklif qilinmoqda.
Kun.uz muxbiri ta'lim dasturlari, pedagogika va testologiya böyiça ekspert Komiljon Jalilov bilan intervyu taşkil qildi va yangi tizim böyiça paydo bölayotgan bir qator savollarga javob oldi.
– Maktab bitiruvçilari attestatsiyasi va OTMga kiriş imtihonlari birlaştirilişi – ta'lim tizimida sezilarli, keskin qadam. Sizningça, özgariş nima uçun qilinyapti va u bizga real ijobiy özgarişlarni bera oladimi?
– Bu, albatta, juda katta qadam. Men özim ançadan beri bunday birlaştiriş zarurati haqida bong urib kelaman va nihoyat, bu borada real qadamlar taşlana boşlangani quvonarli.
Qiziq jihati – real qadamlar prezident gapidan, qaroridan keyin taşlana boşlandi. Ya'ni bizda şunça vazirliklar va boşqa taşkilotlar bölsa ham, har birining aniq vazifasi, vakolat doirasi bölsa ham, negadir biror sohaga biron bir yangilik kirib kelişi uçun albatta prezident aralaşişi, prezident nimadir deyişi kerak. Heç bir taşkilot özidan bilib, «mana bu sohaga mana bu yangilikni olib kiraylik», demaydi. Unda şunça taşkilotning nima keragi bor, degan savol tuğiladi.
Asosiy masalaga qaytsak. Nazarimda, maktab bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va kiriş imtihonlarini birlaştirişning eng katta ijobiy tarafi – bolalar uçun ortiqça stressning oldini olinadi. Tasavvur qiling, maktabni bitirayotgan bola qisqa vaqt içida ham maktabida yakuniy davlat attestatsiyasini topşirişi kerak, ham OTMga kiriş imtihonlariga tayyorlanişi kerak. Bu har qanday bola uçun ortiqça yuklama. Endi bu ikkita jarayon birlaşib, bola ortiqça yuklamadan xalos böladi.
Ikkinçi jihati. Tan oliş kerak, maktabdagi yakuniy davlat attestatsiyasi aksar hollarda formal, nomiga ötadigan, bolaning real bilimini körsatib bermaydigan jarayon. Oddiy savol. Bitta maktab yakuniy davlat attestatsiyasida bir fandan öquvçiga «beş» baho qöydi. Şu «beş» bilan boşqa maktab öz bitiruvçisiga qöygan «beş» teng kuçli, ya'ni ikki bitiruvçining bilim darajasi teng deb işonç bilan ayta olamizmi? Nazarimda, yöq. Sababi – maktabda qöyiladigan baholar köp hollarda sub'yektiv, bolaning haqiqiy bilim darajasini aks ettirmaydi. Maktab bitiruvçilari bilimiga taşqaridan baho berilişi maktablarni obektiv soliştiriş imkonini beradi.
Mavzuga oid
Şu bilan birga, e'lon qilingan qaror loyihasini öqib şunday xulosaga keldim: bizda, mavjud şart-şaroitlarda bu özgarişning özbek ta'lim tizimiga haqiqatda real ijobiy özgarişlar olib kelişi dargumon. Buning sababi test sinovlarini ötkazişga mas'ul taşkilot – Davlat test markazining test savollarini (testologiyada, ya'ni baholaş haqidagi fanda «test topşiriqlari» deyiladi) tuzişga bölgan yondaşuvidir.
Şu soha mutaxassisi sifatida menda şunday taassurot paydo böldiki, Davlat test markazi uçun test topşiriqlarining testologiyada qabul qilingan talablar, standartlarga javob berişi, ularning validligi, işonçliligi – öninçi, boring-ki, yigirmançi darajadagi masala. Asosiysi – jarayonni «silliqqina» ötkazib oliş va hisobot beriş: «şunça abituriyent qatnaşdi, örtaça ball şunçani taşkil etdi». Biroq test topşiriqlarining yaratilişi, aprobatsiyasidan boşlab, test natijalarining qayta işlanişi va e'lon qilinişiga – biron bir bir bosqiç testologiyaning hatto eng oddiy talablariga javob bermaydi.
Misol uçun, darslikda közga «çiroyli» köringan har qanday jumla olinadi va uning asosida test topşiriği tuziladi. Heç kim öylab ötirmaydi: töxta, özi bu test topşiriği maktab bolasi egallaşi kerak bölgan qanday kompetensiyani tekşiryapti? Hatto elementar test topşiriqlari spetsifikatsiyasi ham mavjud emas. Vaholanki, bunday hujjat (spetsifikatsiya) rasmiy manbada e'lon qilinişi va test tuzişda unga qat'iy rioya qilinişi kerak.
Mana şunday test topşiriqlari bilan baza töldiriladi, bu bazaning ma'lum bir kiçik foizigina tor doirada aprobatsiyadan ötkaziladi va şu asosda butun baza haqida xulosa çiqariladi. Vaholanki, har qanday test topşiriği keng miqyosda aprobatsiyadan ötkazilişi kerak – bazadagi ayrim topşiriqlar asosida butun bazadagi topşiriqlarning sifati haqida xulosa çiqariş mumkin emas.
Keyin, topşiriqlar kompyuterda generatsiya qilinib, test variantlari tuziladi, lekin test natijalarini e'lon qilişda natijalar yagona şkalaga keltirilmaydi, şunçaki abituriyentning töğri javoblari soni ma'lum bir koyeffitsiyentga (3.1, 2.1 va hokazo) köpaytiriladi. Vaholanki, keng miqyosda va doimiy ravişda ötkaziladigan har qanday test natijalari yagona şkalaga keltirilişi kerak, çunki turli test variantlarini yeçgan abituriyentlarning natijalarini soliştiriş imkoni bölişi kerak.
Körib turganimizday, jarayon boşdan oxirigaça bironta ham ilmiy talabga javob bermaydi.
Jarayonning ilmiy talablarga javob bermasligi juda katta muammoni tuğdiradi: ilmiy asoslanmagan testlar ta'lim tizimini xarob qilişi ilmiy adabiyotlarda köp davlatlar misolida yetarliça öz isbotini topgan. Şunday muammolardan biri – maktab berişi kerak bölgan kompetensiyalar boşqa, test esa butunlay boşqa narsani tekşiradi. Bu degani öşa-öşa holat qaytarilaveradi: yuqori sinflar öquvçilari maktabga nomiga qatnaydi yoki ularning ota-onalari bolasining imkon qadar maktabga qatnamasligi çorasini qidiradi, bola esa test uçun xotirasini çarxlaş va mexanik tezligini oşiriş maqsadida repetitorma-repetitor yuguradi.
Davlat test markazi öz işiga bölgan yondaşuvni özgartirmas ekan, yoki yuqori turuvçi taşkilotlar, jamoatçilik DTMni şunga majburlamas ekan, maktab bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va kiriş imtihonlarini birlaştiriş özbek ta'lim tizimiga ijobiy özgarişlar olib kelişini kutiş mantiqsizlikdir.
Qariyb 30 yil davomida DTM tomonidan işlatiladigan testlarning validligi, işonçliligi böyiça bironta hisobot e'lon qilinmagan. Bironta matbuot anjumani yoki brifingda DTM bunday natijalarni jamoatçilikka e'lon qilmagan.
E'lon qilingan qaror loyihasida ham faqat taşkiliy, jarayon bilan boğliq masalalar haqida gap ketgan, hatto test natijalari asosida maktablar rahbarlari va öqituvçilari rağbatlantirişi aytilgan, lekin loyiha muallifi bölmiş DTM qaror loyihasining biron joyida öziga testlarni ilmiy asoslab beriş vazifasini yuklamagan.
AQŞda, masalan, testga mas'ul taşkilotlar öz testlarining validligi va işonçliligini isbotlay olmasa, har qanday abituriyent sudda ularni «olib borib, olib keladi». Biz ham yoki şunday işlaşimiz kerak, yoki qöpol qilib aytganda karam şörvani yiğiştirişimiz kerak.
– Bu tizimdagi korrupsiya haqida ham köp gapirişadi. Oliy ta'limga kirişdagi korrupsiya holatlari endi birlaşgan imtihon jarayonlariga köçadi, deb taxmin qilayotganlar kam emas. Yanada kengroq masştabda. Şu kabi taxminlarga fikringiz qanday?
– Balki. Bu böyiça fikr bildirişim qiyin. Şu yoz davomida OAVlarda neça marta hali u, hali bu oliygoh vakillarining «öqişga kiritaman» deb pul olayotganda qölga tuşgani haqida yangiliklar tarqaldi? Kunda-kunora şunday yangiliklar çiqib turdi, töğrimi? Lekin biron marta öşa öqişga kiritişni va'da qilayotganlarning orqasida qanday kuçlar turgani örganilmadi, iş mantiqan oxirigaça olib borilmadi.
Axir öşa oliygoh vakili ham qölidan kelmaydigan işga birovni işontirib pulini olmaydi, nazarimda. Bir narsaga işongan, bir narsani rejalaştirgan bölişi kerak.
Korrupsiyaga qarşi kuraş samimiy bölişi kerak va faqat pastdagi «mayda baliqlar» bilan çeklanmasligi kerak. Aks holda har qanday tizimda korrupsion holatlar bölaveradi.
– Xalqaro tajriba haqida gaplaşsak. Ayting-çi, birlaşgan tizimdan hozirda qaysi davlatlar foydalanmoqda va bu ularda qanday natija beryapti? Töğri, yuqorida aytganingizdek, qaysidir tizim aprobatsiyasi turli davlatlarda turliça natija berar, lekin qandaydir xulosalarni qiliş mumkin.
– Bunday tizimda işlaydigan davlatlar köp. Masalan, Buyuk Britaniyada maktab bitiruvçisi topşiradigan «A level» (A daraja) deb ataladigan imtihonlar natijalariga qarab OTMlarga qabul qilinadi. Qiziği – u yerda bunday imtihonlarni ötkazişga mas'ul bir qança nodavlat taşkilotlari mavjud va maktab istalgan biriga murojaat qilişi mumkin.
AQŞda ham maktab bitiruvçilarining imtihonlarini bir qança nodavlat taşkilotlari ötkazişadi. OTMlarning bunday taşkilotlar beradigan natijalariga işonişi sababi – yuqorida qabul qilingan qaror yoki farmon emas, balki şu taşkilotlarning öz testlarini ilmiy asosda isbotlab bera olişi.
Rossiyada maktab bituruvçilari topşiradigan «YeGE» (yagona davlat imtihoni) deb nomlanadigan imtihon mavjud. Köp Yevropa davlatlarida – «Matura» yoki «Abitur». Bu tizim işlatiladigan davlatlarda ularning tarafdorlari ham, qarşilar ham yetarliça topiladi. Lekin eng asosiysi – testlarning ilmiy asosi, validligi, işonçliligi böyiça ilmiy izlanişlar olib boriladi, maqolalar, hisobotlar e'lon qilinadi, testlarning ta'limga ijobiy yoki salbiy ta'siri doimiy monitoring qilib boriladi. Bu esa soha mutaxassislari va jamoatçilik nazoratini ta'minlaydi, test bilan şuğullanadigan taşkilotlarni öz bilganiça iş qilmasdan, ilmiy talablar bilan hisoblaşişga majbur qiladi.
– Imtihonlar birlaştirilişi haqida öylar ekansiz, xayolga beixtiyor dunyoning eng kuçli OTMlari: Yyel, Harvard, Stenford yoki Oksfordga böladigan imtihonlar keladi. Bu juda murakkab va mustaqil tizim. Bizda bu masala qanday hal qilinadi?
– Yuqorida aytdim, bunday tizim amal qiladigan davlatlarda tizimni qöllab-quvvatlaydiganlar ham, qarşilar ham topiladi. Yana bir narsa. Harvardga öxşagan oliygohlar xususiy, ular moliyaviy jihatdan ham, akademik jihatdan ham mustaqildirlar. Bunday oliygohlarning içki işiga mamlakat prezidenti ham aralaşa olmaydi.
Umuman, AQŞda, Yevropa davlalarida har qanday masala davlat rahbari yoki hukumat qarori bilan tartibga solinişi odati mavjud emas. Heç eşitganmisiz Britaniya OTMlarida yangi yönalişlar Yelizaveta II farmoni bilan taşkil qilinişini? Yoki Germaniya oliygohi Angela Merkel farmoni bilan kimgadir fan doktori darajasi berganini?
Balkim Harvard boşqalarga nisbatan kuçliroq talab qöya olgani uçun ham Harvarddir? Axir hamma ham Harvardda öqiyvermaydi-ku. Kimlarni, qay asosda öqişga qabul qilişini ham mustaqil hal qila olmaydigan oliygohdan olamşumul ilmiy yangiliklar kutiş mantiqsizlik, nazarimda.