Bu haqda bugun, 22 iyul kuni Davlat test markazi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
DTM direktori örinbosari Sardor Rajabovning aytişiça, bu yil Özbekiston böyiça 91 ta oliy ta'lim muassasacida öqiş uçun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topşirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga köp.
Rajabovning qöşimça qilişiça, qabul komissiyasi tomonidan röyxatga oliş jarayonlarida 13 yoşdan 95 yoşgaça bölgan abituriyentlar ham qayd etilgan. Jumladan, eng yoş abituriyent 13 yoş (14 yoşga tölmagan) va eng yoşi katta abituriyent 95 yoş hisoblanadi.
Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning Kun.uz muxbiriga ma'lumot berişiça, 14 yoşga tölmagan abituriyent Toşkent şahridan va 95 yoşli abituriyent esa Samarqand viloyatidan talabgor sifatida qatnaşmoqda (iqtisodiyot yönalişi uçun).
Ma'lumot uçun, ötgan yili oliy ta'lim muassasasiga kiriş imtihonini topşirgan eng yoşi uluğ abituriyentlardan biri Mamatqul Berdialiyev bölgani aytilgandi. U Toşkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga öqişga kiriş uçun test topşirgan va 42,1 ball bilan «yiqilgan».













