Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar Bulung‘urdagi kafeda narkokurerni qo‘lga olishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tezkor tadbir davomida Bulung‘ur tumanidagi kafelardan birida fuqaro M.M. shartli xaridorga 250,52 gramm marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ushbu tuman hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.B.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida 3 ta shisha banka va idishlarda umumiy og‘irligi 276,6 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini hamda hovlisida 1 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025