Jahon | 07:45 / 23.09.2019
7174
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixdagi birinchi turistik kompaniya Thomas Cook bankrot bo‘lganini e'lon qildi 

Foto: REUTERS/Suzanne Plunkett

Dunyoning eng qadimgi turistik kompaniyasi Thomas Cook majburiy tugatilishini e'lon qildi va britaniyalik mijozlarining uyga qaytarilishini kutmoqda.

Britaniyalik sayyohlarning qaytarilishi tinch vaqtda britaniyaliklarning xorijdan eng yirik evakuatsiyasi bo‘lishi mumkin.

Anchadan beri kreditni to‘lash bilan muammolarga ega bo‘lgan britan kompaniyasi 200 mln funt sterlinglik qarzni yopish uchun asosiy aksiyadori Fosun Tourism Group va kreditorlar bilan qarzni qayta shakllantirish shartlarini muhokama qilib kelgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.  

Ta'kidlanishicha, kompaniya shundan keyin majburiy tugatilishdan boshqa chorasi yo‘qligiga qaror qilgan. 

Thomas Cook’ning yo‘llanmalari bilan hozirda xorijda 600 mingga yaqin, jumladan 160 ming britaniyalik qolmoqda. Kompaniya bankrotligi tufayli uning 22 ming xodimi ishsiz qolishi mumkin. Britaniya hukumati kompaniya atrofida yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun maxsus ishchi guruh tuzishini va oqibatlarni bartaraf etish uchun mablag‘lar ajratishini ma'lum qilgan. 

Dunyodagi birinchi turistik kompaniya hisoblanuvchi Thomas Cook AG 1841 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U uyushgan turizm ixtirochisi Tomas Kuk sharafiga atalgan.

Mavzuga oid