Qonunbuzarning naqd xorijiy valutalarni olib chiqish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona organlari tomonidan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning yonida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan 10 660 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024
Rossiya Markaziy banki valuta bozori to‘liq Xitoyga tobe bo‘lib qolganini ta’kidladi
10:49 / 09.07.2024