O‘zbekiston | 09:55 / 26.09.2019
5923
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri O‘simliklar karantini inspeksiyasi ishida qator kamchiliklar aniqlandi

2019 yil 24 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalarida O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunining ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, hududiy inspeksiyalar faoliyatida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Xususan, Toshkent shahar inspeksiyasi tomonidan ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunning ayrim moddalariga to‘liq amal qilinmagan.

Karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni, ularga tutash hududlarni, o‘simliklar karantini obektlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida nazorat tekshiruvlari, Fitosanitar dala nazorati, laboratoriya tekshiruvlari va doimiy monitoring ishlari o‘tkazilmagan. Zararlanish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, o‘simliklar karantini obektlarini olib kirish yo‘llarini aniqlash hamda to‘sish bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmagan.

Karantinosti mahsulotlari bilan savdo qiladigan obektlar va o‘simliklar ekilgan joylar tanlab o‘rganilganda, ayrim zararkunandalar, kasalliklari borligi aniqlangan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar, kamchilik va muammolar, ularni hal etish borasida inspeksiya oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mavzuga oid