O‘zbekiston | 22:51 / 27.09.2019
20586
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya xalqiga ta'ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va mamlakat xalqiga respublikaning sobiq Prezidenti Jak Shirak vafot etgani munosabati bilan ta'ziya yo‘lladi.

Shirak 26 sentyabrda 86 yoshida vafot etdi. U Fransiyani 1995 yildan 2007 yilgacha boshqargan. 

2005 yilda Shirak insult o‘tkazgan. 2007 yilda prezident lavozimidan ketgach, bir necha marotaba shifoxonaga tushgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid