Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya delegatsiyasi tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Rossiya Federatsiyasining «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, iste'fodagi general-leytenant Viktor Shulika boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi akademiyaning o‘quv-moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga akademiya muzeyi, undagi noyob eksponatlar haqida ma'lumot berildi.

«O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Qurolli Kuchlar akademiyasiga rus tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv materiallari va adabiyotlarni taqdim etdi.


Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning davomi sifatida e'tirof etildi, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026