Bosh prokuratura Andijondagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha ma'lumot berdi
2019 yil 30 sentabr kuni soat 17:30larda Andijon shahar, Nodira ko‘chasi 1-uyda joylashgan «Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy» nomli nodavlat ta'lim muassasasida 82 nafar o‘quvchi, 3 nafar o‘qituvchi va 4 nafar texnik xodim ovqatdan zaharlangan. Bu haqda Bosh prokuratura ma'lumotida aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki o‘rganishlar davomida, RShTTYoM Andijon filiali, viloyat ko‘p tarmoqlar bolalar shifoxonasi va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilganlardan 3 nafar o‘quvchining ahvoli o‘rtacha og‘ir holatda bo‘lib, 76 nafar o‘quvchi, 3 nafar o‘qituvchi, 4 nafar texnik xodim statsionar tartibda davolanayotganligi hamda 3 nafar o‘quvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ketishga ruxsat berilganligi va hozirda statsionar tartibda davolanayotgan bemorlarning ahvoli yaxshilanganligi sababli ularning uylariga ketishlariga ruxsat berish mumkinligi ma'lum qilindi.
Voqea joyiga viloyat prokurori G.Fozilov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari K.Yo‘lbarsov, Andijon shahar prokurori Q.Asqarov, shahar prokuraturasi tergovchisi, shahar IIB boshlig‘i va tezkor-tergov guruhi xodimlari chiqishdi.
Muassasada 236 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, o‘quvchilarga ertalabki nonushta uchun «Mannaya kasha», soat 11:45larda tushlik uchun birinchi taom sifatida «No‘xat sho‘rva», ikkinchi taom sifatida «Uyg‘ur lag‘mon» berilganligi aniqlanib, ushbu taomlardan tekshirish uchun namunalar olindi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
15:56 / 25.11.2024
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
07:40 / 25.11.2024
Ikki tumanda 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024