Tayvandagi ko‘prikning qulashi videoda qayd qilindi
Tayvanning Ilan uyezdida arkali ko‘prik quladi. Ushbu vaziyat videoda qayd qilinib, u bilan Singapurning Channel NewsAsia telekanali bo‘lishgan.
Voqea 1 oktyabrda yuz berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea vaqtida u orqali benzin tashuvchi mashina o‘tayotgan bo‘lgan va u ko‘prik bilan birga pristan ustiga qulab, yonib ketgan. Shuningdek, inshoot ostida baliqchilar qayiqlari bo‘lgan va ko‘plab odamlar suvga tushib ketgan. Ularni qutqarish va yong‘inni o‘chirish bilan favqulodda xizmatlar va harbiylar shug‘ullangan.
O‘t o‘chirish xizmatida kamida 10 kishi, jumladan benzin tashuvchi mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilingan.
Ko‘prikning qulashi sababi hozircha noma'lum. Biroq, ba'zi taxminlarga ko‘ra, yaqinda orol orqali o‘tgan to‘fon 1999 yilda qurilgan ko‘prikni zaiflashtirgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:50 / 04.11.2024
Tayvan RFga dastgohlar yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
23:36 / 31.10.2024
Tayvanga «Kong-rey» superto‘foni yopirildi
21:37 / 22.10.2024