Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik alpinist hech qanday himoyasiz balandligi 508 metrli binoni zabt etdi
U osmono‘par binoga hech qanday himoya vositalarisiz quruq qo‘llari bilan ko‘tarilishga 1 soat 35 daqiqa vaqt sarfladi.
Foto: Reuters
Amerikalik 40 yoshli alpinist Aleks Xonnold Tayvandagi eng baland Taipei 101 binosini zabt etdi. U binoga hech qanday himoya vositalarisiz quruq qo‘llari bilan ko‘tarilishga 1 soat 35 daqiqa vaqt sarfladi. Netflix ushbu voqeani to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qildi.
«Bu haqda uzoq o‘ylaysan va buning imkoni borligini tasavvur qilasan, lekin bunga rostdan ham erishishning zavqi butunlay boshqacha», — dedi Xonnold jurnalistlarga.
Aleks Xonnold binoni 24 yanvar kuni zabt etishni rejalashtirgandi, ammo yomg‘ir sababli rejasi bir kun ortga surildi.
ALEX HONNOLD AFTER COMPLETING HIS FREE SOLO OF TAIPEI 101: "Sick."
— Netflix (@netflix) January 25, 2026
The 101 story climb took 1 hour and 35 minutes #SkyscraperLIVE pic.twitter.com/TIzeRqiUcM
«Bugun Tayvanda juda ko‘pchilik ushbu voqeani yurak hovuchlab kuzatdi. Aleksni ushbu ajoyib muvaffaqiyat bilan tabriklayman»,— deb yozdi Tayvan ma’muriyati rahbari Lay Tsinde X tarmog‘ida.
Balandligi 508 metrli Taipei 101 inshooti 2004 yildan 2010 yilgacha dunyodagi eng baland bino hisoblangan. U hozirda 11-o‘rinda. Aleks Xonnold 2017 yilda hech qanday himoyasiz Kaliforniyada joylashgan Yosemiti milliy parkidagi balandligi 1000 metrli El-Kapitan cho‘qqisini zabt etgandi.
Mavzuga oid
18:06 / 05.01.2026
O‘zbekiston JST a’zosi bo‘lish uchun faqat bir davlat bilan muzokarani yakunlashi qoldi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025