Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondagi portlashda jarohatlandi
6 oktabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026