Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mersedes Bens» havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi
Zargarlik buyumlarini turli yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga uringan kimsalarning kirdikorlari bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada avtomashinaning havo filtri ichiga, ustomonlik bilan yashirilgan, umumiy qiymati 15,8 million so‘mlik 315 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026