Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonda 2011 yil martigacha berilgan haydovchilik guvohnomalari tan olinadigan bo‘ldi
O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonda 2011 yil 28 martigacha berilgan haydovchilik guvohnomalari Rossiya Federatsiyasi hududida tan olinishi bo‘yicha kelishuvga keldi.
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulligi Rossiya ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bosh boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda shuni ma'lum qiladiki, O‘zbekistonda 2011 yil 28 martigacha berilgan va amal qilish muddati ko‘rsatilmagan haydovchilik guvohnomalari Rossiya Federatsiyasi hududida Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6, 7-ilovalariga ko‘ra tan olinadi.
Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarining mazkur masala bo‘yicha ko‘plab murojaatlariga binoan ushbu masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qilgan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026