Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angela Merkelga suiqasd tayyorlangan - OAV
Germaniya kansleri Angela Merkelga suiqasd tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Buni 2016 yilda Berlindagi yarmarka vaqtida terakt sodir etgan Anis Amri amalga oshirmoqchi bo‘lgani ehtimol qilinmoqda.
Bu haqda Germaniya jinoiy politsiyasi federal boshqarmasi tergovi natijalariga iqtibos keltirgan holda germania.one nashri yozdi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Tunis fuqarosi bo‘lgan Amri Berlindagi teraktdan 7 hafta oldin Germaniya devonxonasi oldida selfiga tushgan. Suratlardan birida Merkelga tegishli ishchi xonaning oynasi tasvirlangan bo‘lgan.
Bundan tashqari, politsiya Amrining telefonida uning Merkelning uyi yonida tushgan suratlarini aniqlagan.
“Terrorchi Germaniya kansleri ortidan kuzatuv olib borgan”, deyilgan xabarda.

2016 yil 19 dekabrda Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasi o‘tayotgan hududga kirib borib, odamlarni bosa boshlagan. Haydovchi 50 metrcha yurib o‘tib, pavilonlardan biriga urilib to‘xtagan. Mashinadan bir kishi tushib voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan. Keyinroq teraktni sodir etishda gumon qilinib Anis Amri qidiruvga berilgan.
O‘sha yilning 23 dekabrida Amri Milanda politsiya bilan otishma vaqtida bartaraf etilgan.
Mavzuga oid
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
20:07 / 04.05.2026
Yevropa razvedkasi: Putin suiqasddan va Rossiya elitasi ishtirokidagi to‘ntarishdan xavfsiramoqda
20:43 / 22.02.2026