Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada yuk mashinasidan jonsiz holda topilganlarning barchasi xitoylik bo‘lgan
Buyuk Britaniyaning Esseks grafligidagi sanoatlashgan hududda yuk mashinasi ichidan jonsiz holda topilgan 39 kishining barchasi Xitoy fuqarolari bo‘lgan.
Ichida jasadlar borligi ma'lum bo‘lgan fura 23 oktyabrga o‘tar kechasi Angliya sharqida, Esseks grafligidagi Greys shaharchasida topilgandi. Qotillikka aloqadorlikda gumonlanib - Shimoliy Irlandiya fuqarosi, 25 yoshli haydovchi Mo Robinson qo‘lga olingan.
Politsiya fura Bolgariyada ro‘yxatga olgani, ammo u Britaniyaga, Temza daryosi bo‘yidagi Purflit portiga Belgiyaning Zebryugge portidan kelgan va mahalliy vaqt bilan soat 00:30da Tarrok ma'muriya okrugidan topilgan.
Soat 01:40da Greys shahri politsiya mahkamasiga tez yordamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan, tibbiyot xodimlari shahardagi sanoat hududidan o‘nlab kishilarning jasadlari topilgani haqida xabar berishgan.

Ayni yukxonadagilarning o‘limi sababi va Robinson bunga qay darajada aloqadorligi ma'lum emas.
Mashina yukxonasida bo‘lganlarning 38 nafari katta yoshlilar va bir nafari o‘smir yoshida bo‘lgan. Bolgariya TIVning ma'lum qilishicha, yuk mashinasi Bolgariyada ro‘yxatga olingan, lekin bu hodisaga Bolgariya aloqador emas.
Bu birinchisi emas
Bu Xitoydan kelgan noqonuniy muhojirlarning ommaviy halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holat emas.
2000 yil iyunida Duvr port shahrida Niderlandiya davlat raqami bo‘lgan yuk mashinasidan 58 kishining jasadi topilgandi. O‘shanda bu odamlar havo yetishmasdan halok bo‘lgani aniqlangandi.
O‘sha fura Buyuk Britaniyaga parom orqali Belgiyaning Zebryugge portidan kelgandi.
2004 yil fevralida 23 nafar xitoylik nolegal Lankashir grafligi hududiga suzib o‘tmoqchi bo‘lganida cho‘kib ketgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
17:47 / 17.06.2026