O‘zbekiston | 14:28 / 26.10.2019
3260
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways xorijdagi ofislari hisobraqamlarining amal qilish tartibi o‘zgardi 

Foto: KUN.UZ

2020 yil 1 yanvardan boshlab milliy aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari hisobraqamlarining amal qilish tartibi o‘zgaradi.
 
Norma’ning yozishicha, kelasi yildan boshlab Uzbekistan Airways AJ vakolatxonalarining barcha tushumlari ekspluatatsiya xarajatlari va ularni saqlash xarajatlarini ayirgan holda O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushadi.
 
Hozir esa butun xarajatlar ko‘lamini (20 ta band) inobatga olgan holda ularga limit belgilanadi, limitdan ortiq summa EAVga konvertatsiya qilinib, aviakompaniyaning O‘zmilliybankdagi hisobraqamiga o‘tkaziladi.
 
Hujjat 19.10.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid