O‘zbekiston | 13:20 / 27.10.2019
55374
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga va viloyatning Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Shuhratjon Hoshimovich Sotvoldiyev Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangach, uning o‘rnini polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov egalladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abduvohid Ismoilov shu vaqtga qadar Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Abduvohid Ismoilov

Shuningdek, podpolkovnik Behzod Ibrohimovich Aminqulov rasman Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Behzod Aminqulov