Sport | 11:53 / 27.10.2019
23452
2 daqiqa o‘qiladi

Yeryomenko qahramon bo‘lgan «Rostov» - «Sochi» o‘yinidan fotogalereya

Rossiya chempionati 14-turidan o‘rin olgan «Rostov» — «Sochi» o‘yinida Eldor Shomurodov jamoadoshlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Finlyandiyalik Roman Yeryomenko o‘yinda dubl qayd etdi va jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi.

Bu g‘alaba «Rostov» uchun juda muhim edi, chunki Karpin shogirdlari oldingi turda «Zenit»dan 6 ta gol o‘tkazib yuborib ruhiy tushkun holatga tushib qolishgandi. Murabbiy ham «Sochi» bilan o‘yindan so‘ng shunga urg‘u berdi: «Oldingi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng vaqtida yerga tushdik va endi bu xatoni takrorlamasligimiz kerak. Ruhiy qiyin holatga tushib qolganimiz sabab har qanaqasiga bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz zarur edi».

Eldor Shomurodov o‘yinda gol urmagan bo‘lsa-da, yomon harakat qilmadi. Uning himoyachilarni chalg‘itishi sheriklariga bo‘sh zonalar ochib berdi. Rostovda bo‘lib turgan Kun.uz muxbirlari o‘yinni stadionda kuzatishdi. Quyida «Rostov» — «Sochi» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Mavzuga oid