Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 29 - 31 oktabr va 1 noyabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29 va 31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 oktabr va 1 noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 30-31 oktabr va 1 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31 oktabr va 1 noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 29-30 oktyabrda 20-25 daraja, 31 oktyabrda 18-23 daraja issiq, 1 noyabrda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 oktabr va 1 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 oktyabrda 5-10 daraja, 30-31 oktabr va 1 noyabrda 7-12 daraja iliq, kunduzi 29-31 oktabr 20-25 daraja issiq, 1 noyabr 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 oktyabrda va 1 noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 29-31 oktyabrda kunduzi 23-28 daraja, 1 noyabrda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 oktyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 29-31 oktyabrda 20-25 daraja, 1 noyabrda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 oktyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 29-31 oktyabrda 12-17 daraja, 1 noyabrda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026