Jahon | 22:19 / 31.10.2019
4212
2 daqiqa o‘qiladi

Fiat Chrysler va PSA avtomobilsozlik kompaniyalari birlashishga kelishib oldi 

Fiat Chrysler (FCA) avtomobilsozlik konserni va Peugeot, Citroen va Opel avtomobil brendlarini birlashtiruvchi PSA fransuz guruhi direktorlar kengashlari ikki kompaniya birlashishini ma'qullashdi. Buning natijasida avtomobillar bozorida yangi yetakchi paydo bo‘ladi.

FCA va PSA 50/50 asosida to‘liq birlashishga kelishib oldi, yaqin haftalarda kompaniyalar hamfikrlik haqidagi memorandumni imzolashni mo‘ljallashmoqda. Birlashishdan keyin ikki kompaniya aksiyadorlari birlashgan kompaniyaning 50 foizdan aksiyalarini olishadi. Yangi kompaniyaga PSA bosh direktori Karlos Tavares boshchilik qiladi, Fiat Chrysler boshqaruv raisi Jon Elkan kompaniyaning direktorlar kengashi raisi bo‘ladi. 

Tomonlar rejalariga ko‘ra, kompaniyalar birlashishi natijasida bozorda kapitallashuvi 48 mlrd dollarni tashkil qiluvchi va umumiy tushumi yiliga 190 mlrd dollargacha yetuvchi avtogigant paydo bo‘ladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 8,7 mln avtomobilni tashkil qiladigan ushbu kompaniya Volkswagen, Toyota va Renault-Nissan’dan keyin dunyoda eng ko‘p avtomobil ishlab chiqaruvchi to‘rtinchi yirik kompaniyaga aylanadi.

Mavzuga oid