Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar «mato» operatsiyasini fosh etishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini noto‘g‘ri qo‘llashga oid holatlarga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib borishmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi qing‘irlik fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ya'ni, poytaxtda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, bo‘yalgan matolar tovari deklaratsiyada ko‘rsatilgan omborga emas, boshqa omborda saqlanayotgani bojxonachilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritish boshqarmasiga holatga oydinlik kiritish uchun jo‘natildi.
Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidek bo‘yalgan matolar tovari emas, balki, sinel matolar saqlanayotgani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
10:29 / 26.11.2025
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
10:48 / 25.11.2025