O‘zbekiston | 10:00 / 01.11.2019
5029
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi

Illyustrativ foto

Toshkentda 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi apparatlari o‘rtasida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev raisligida o‘tdi.

O‘zbekiston – Rossiya maslahatlashuvlari mexanizmi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni izchil, jadal rivojlantirishdek umumiy maqsadga xizmat qilishi, ikki mamlakat xalqlari manfaatiga to‘liq javob berishi qayd etildi. Tinchlikni ta'minlashga yo‘naltirilgani ta'kidlandi.

Ushbu muloqotlar mintaqaviy xavfsizlikni, Markaziy Osiyoda, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda, barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Tadbirda, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, kelajakda ushbu yo‘nalishda hamkorlikka oid hukumatlararo bitim imzolashga kelishish muhimligi ta'kidlandi.

Tomonlar xavfsizlik sohasidagi keng ko‘lamli O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini yanada chuqurlashtirish, shu jumladan, kelajakda shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash va birgalikdagi amaliy harakatlarning ikki tomonlama ishchi mexanizmini takomillashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Maslahatlashuv yakuni bo‘yicha tegishli protokol va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi apparati o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hamkorlik rejasi imzolandi.

Mavzuga oid