O‘zbekiston | 13:48 / 12.11.2019
14738
1 daqiqa o‘qiladi

Abdugappor Kirgizbayev Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri etib tayinlandi 

Foto: Xalqaro press-klub

Hukumat qarori bilan Abdugappor Karimjonovich Kirgizbayev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Departament prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.

Ma'lumot uchun: Abdugappor Kirgizbayev 1962 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid