Şoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida tuğilgan. Köp yillar «Yoşlik» jurnaliga boş muharrirlik qilgan.
U 2018 yilda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş masalalari böyiça örinbosari, 2019 yil dekabridan uyuşma raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
2022 yilda bir muddat prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida işlagan Nodir Jonuzoq yana Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosarligiga qaytarilgan. Tayinlovga qadar u ayni şu lavozimda işlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti ilk bor 2021 yil 21 oktyabrda, özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi kunida taşkil etilgan. 2022 yilda departament Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamentiga aylantirilgan.
Keyinçalik mazkur tuzilma prezidentning ma’muriy islohotlar töğrisidagi farmoni bilan bekor qilingan. Ammo farmondan 4 oy ötib, Davlat tilini rivojlantiriş departamenti Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida qayta taşkil etildi.
Avvalroq, Kun.uz'da Davlat tilini rivojlantiriş departamenti oldiga qöyilgan köplab vazifalar bajarilmagani yoki oxiriga yetmaganiga oid tahliliy maqola e’lon qilingandi.
Unda jumladan, departamentning asosiy vazifalaridan bölgan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş işi borasida sezilarli özgariş yöqligi, «Davlat tili töğrisida»gi qonunning taqdiri noma’lumligiça qolgani yoki jamoat joylarida davlat tili me’yorlariga amal qilinişi masalasi juda yomon ahvolda ekani tanqid ostiga olingan.












