Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uspenskiy litseyining yubileyi munosabati bilan xayriya konserti o‘tkaziladi
16 noyabr kuni Toshkentda Uspenskiy nomidagi musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik litseyning 80 yillik yubileyi munosabati bilan xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
Respublikadagi eng yirik musiqiy ta'lim muassasalaridan biri hisoblangan Uspenskiy nomidagi akademik litseyning 80 yillik yubiley sanasi munosabati bilan, 16 noyabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyida xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ma'lum qildi.
Konsert mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, musiqa maktabi va litseyi o‘quvchilari uchun xayriya asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, konsertga madaniyat va boshqa ijodiy soha vakillari taklif etilgan.
Konsertda xalqaro mukofotlar laureati, AQShdagi xalqaro musiqa markazi rezidenti Behzod Abdurahimov Milliy simfonik orkestr bilan birga Chaykovskiyning birinchi konsertini ijro etishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, Behzod Abdurahimov – jahonning eng mashhur yosh pianinochilaridan biri. Zamonaning taniqli dirijyorlari bilan hamkorlik qilgan. Nyu-Yorkning asosiy konsert zali ─ Karnegi-hollda musiqa ijro etgan.

«Toshkentni Markaziy Osiyoning madaniy poytaxtiga aylantirish – mening orzum. Toshkentda xalqaro ahamiyatga ega musiqa festivaliga asos solishni, jahon yulduzlarini bu yerda jamlashni istayman», ─ deydi 29 yoshli pianinochi.
Viktor Uspenskiy nomidagi musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik litsey 1939 yilda Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, bolalar va o‘smirlarga musiqiy ta'lim berish bo‘yicha respublikaning eng nufuzli muassasalaridan hisoblanadi. Litsey 9 yillik maktab va 3 yillik litsey ta'limini qamrab olib, musiqaning to‘qqiz yo‘nalishida tahsil beradi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025