Jamiyat | 13:43 / 18.11.2019
14716
2 daqiqa o‘qiladi

100 ming dollarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Naqd xorijiy valutalarni bojxona chegaralaridan yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bojxona organlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi naqd xorijiy valutalarni yurtimizdan noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“Qo‘shkent” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi “Opel Astra” avtoulovi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 AQSh dollarini yashirgan holda qo‘shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid