Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilmoqda
Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxt yo‘llarida juda ko‘p transport vositalari harakatlanmoqda. Ammo poytaxtning ayrim ko‘chalari ko‘p miqdordagi transport vositalari oqimini qabul qilishga mo‘ljallanmaganligi sababli doimiy ravishda tirbandliklar vujudga kelmoqda.
“Jumladan, ushbu holat xalq orasida “Shuhrat” chorrahasi nomi bilan mashhur bo‘lgan Chilonzor tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida doimiy kuzatib kelinmoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Shu sababli, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Chilonzor tumanidagi yo‘llarda mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qatortol ko‘chalari kesishmasi (“Shuhrat” chorrahasida) avtomobillar uchun yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish taklifi berilgan.
Bundan oldin, Chilonzor tumanida yangi ko‘prik qurilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:10 / 13.09.2024
“Qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborildi” – Chilonzordagi holatga munosabat bildirildi
15:59 / 13.09.2024
Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi
08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
19:33 / 14.07.2024