Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YTH: «Neksiya-2» butunlay yonib ketdi
Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashina butunlay yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yil 22 noyabr kuni taxminan soat 00:30larda 32 yoshli A.T. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman Annaruz mahalla hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor-Samarqand yo‘lining ta'mirlash ishlari olib borilayotgan, yo‘l qatlami nam bo‘lgan ob-havo yog‘ingarchilik sharoitida 109-km.ga kelgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqib ketgan.
Oqibatda shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli B.T. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv yuz berib, yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Haydovchi A.T. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomashina to‘liq yonib ketgan hamda A.T.ning o‘zi olgan tan jarohatlari yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan.
Shu bilan birga, B.T. va uning avtomashinasida yo‘lovchi sifatida harakatlangan Tojikiston Respublikasi fuqarosi 33 yoshli B.Sh. tan jarohatlari olgan bo‘lib, unga hodisa joyining o‘zida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qurbonlar yo‘q.
Holat yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
22:01 / 13.06.2026