Jamiyat | 15:30 / 27.11.2019
16375
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida elektr ta'minotidagi muammo tufayli eskalatorlar harakati to‘xtab qoldi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 27 noyabr kuni, Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi bekatlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi nimstansiyalarda kuchlanishning qisqa muddatli pasayishi qayd etildi.

«Toshkent metropoliteni» xabarida aytilishicha, soat 10:42da metroning «G‘afur G‘ulom», «Alisher Navoiy» bekatlarida yoritish moslamalari ishida nosozlik qayd etilgan hamda eskalatorlar harakati to‘xtab qolgan. Bir daqiqadan so‘ng, soat 10:43da, barqaror elektr ta'minoti to‘liq tiklangan. 

Ta'kidlanishicha, ushbu hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir qilmagan, sababi harakatlanuvchi sostavga elektr energiyasi yetkazib berishda boshqa ta'minotdan foydalanilishi aytiladi.

«Daryo» manbasi ma'lumotiga ko‘ra esa, chiroqlar miltillab emas, balki qisqa vaqtga to‘liq o‘chgan.

Mavzuga oid