Bugun, 27 noyabr kuni Toşkent metrosining «Özbekiston» yönalişi bekatlarini elektr bilan ta'minlovçi poytaxt elektr podstansiyalarida kuçlanişning qisqa muddatga pasayişi kuzatildi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati Toşkent metrosidagi elektr ta'minoti muammosi sabablarini ma'lum qildi.
«Bugun, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoq hamda axborot saytlarida elektr energiyasi bilan boğliq muammo tufayli Toşkent metrosining «Özbekiston» yönalişidagi «Ğafur Ğulom», «Alişer Navoiy» bekatlarida yoritiş uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar töxtab qolganligi töğrisida ma'lumot tarqaldi.
Ma'lum bölişiça, bugun soat 10:42da Şayxontohur tumanida joylaşgan 35 kV «Şayxontohur» podstansiyadagi yuqori kuçlanişli «Şayxontohur 1» yönalişli kabel tarmoği şikastlanişi natijasida qisqa muddatli uziliş bölgan hamda şu zahoti avtomatik ravişda zaxiradagi kabel tarmoğiga ulangan. Soat 10:43da elektr energiyasi töla quvvat bilan uzatila boşlangan.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.












