Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilias Iliadis O‘zbekiston dzyudo jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Afsonaviy dzyudochi Ilias Iliadis O‘zbekistonda murabbiylik faoliyatini boshladi. U O‘zbekiston dzyudo jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, u Osaka shahrida o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turnirida bosh murabbiy sifatida qatnashgan. Ushbu musobaqada Davlat Bobonov va Alisher Yusupov sovrindorlar safidan joy olishgan edi.
Asli Gruziyada tug‘ilib o‘sgan Ilias Iliadis (gruzincha ismi Jarji Zviadauri) Gretsiya fuqarosi bo‘lgan va shu davlat nomidan musobaqalarda qatnashgan. U sportchi sifatida qo‘lga kiritgan ulkan natijalari bilan dzyudo tarixiga kirgan. U Afina olimpiadasi g‘olibi, uch karra jahon chempioni, shuningdek, turli toifadagi xalqaro musobaqalarning bir necha bor g‘olib va sovrindori bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024