O‘zbekiston | 07:42 / 30.11.2019
69166
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasini import qilishga qaror qildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston “Turkmanenergo” bilan kelishuvga erishdi, 1 dekabrdan elektr energiyasi ta'minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakat aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma'lum kelishuvga erishdi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 1 dekabr sanasidan respublika elektr energiyasi ta'minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.

Energetika vazirligi elektr energiyasi tizimidagi uzilishlar va nosozliklar bo‘yicha izoh berdi

Mavzuga oid