Jamiyat | 14:10 / 03.12.2019
5229
2 daqiqa o‘qiladi

Mastercard egalari HUMO terminallaridan to‘lov amalga oshirishlari mumkin

Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard xalqaro to‘lov tizimi bilan HUMO tizimidagi Mastercard xalqaro kartalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish ishga tushirilgani bo‘yicha press-brifing tashkil etildi. Unda MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov yangilik haqida batafsil axborot berdi.

«Shu yilning dekabridan boshlab Mastercard xalqaro to‘lov karta egalari hech qanday cheklovlarsiz HUMO terminallaridan foydalanishlari mumkin. Biz Mastercard tizimini HUMO’ga biriktirdik. Natijada, ushbu xalqaro kartalari orqali bemalol to‘lov amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Maqsadimiz yurtimiz mehmonlariga qulaylik yaratishdir. Umid qilamizki, bu harkatlarimiz mamlakatning sayyohlik oqimi yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi, respublika iqtisodiyoti ochiq va harakatchan bo‘lishini ta'minlaydi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, bulutli yangilanish maqsadida funksionalni ishga tushirish uchun bankka borishga ehtiyoj yo‘q. HUMO terminallari Mastercard kartalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shu bilan bir qatorda, tadbirda Mastercard’ning Gruziya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu hamkorlik O‘zbekistonning «oq iqtisodiyot»ga o‘tishida dadil qadam bo‘lib xizmat qiladi. Naqdsiz to‘lovlar xavfsizlikni ta'minlash nuqtayi nazaridan ham muhimdir.

Mavzuga oid