Sport | 00:08 / 03.12.2019
8909
1 daqiqa o‘qiladi

Rojyer Federer hayotligida tangada tasvirlangan birinchi shveysariyalik bo‘ldi

Afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojyer Federer hayotligida Shveytsariyaning rasmiy yubiley tangasida tasvirlangan birinchi kishiga aylandi. 38 yoshli sportchining surati 20 frank qiymatdagi kumush tangani zarb qilishda qo‘llangan.

Shveytsariya zarbxonasi tomonidan hammasi bo‘lib bunday tangalardan 55 ming dona chiqariladi va ularga talab katta bo‘lsa, yana qo‘shimcha 40 ming dona zarb qilinadi.

Keyinroq Federer tasviri tushiriladigan 50 frank qiymatdagi yubiley oltin tanga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. 

“Shveytsariya va zarbxonaga bunday sharaf va iltifot uchun katta rahmat”, deb yozgan tennischining o‘zi tvitterda va tanga zarb qilinishi videosini ilova qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid