O‘zbekiston | 16:47 / 07.12.2019
6084
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulugbek Innovation Center IT Park’ga qo‘shildi

Mirzo Ulugbek Innovation Center Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatilib, uning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga o‘tmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabr kuni bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, IT sohani yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va IT mahsulotlarining sifatini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qadam O‘zbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga ko‘taradi.

Mavzuga oid