Dastur vençur fondlar va ekspertlar oldida loyihalarning oçiq taqdimoti bilan yakunlandi. Jamoalar uçun bu taklif oliş va salohiyatli investorlar oldida özini körsatiş, tomoşabinlar uçun esa bugungi kunda özbek startap muhitida qanday ğoyalar muhokama qilinayotganini köriş imkoniyatini berdi.

Kun.uz Business uşbu tadbirni kuzatib bordi. Quyida tadbir haqida hikoya qilmoqçimiz: ertaga biznesga aylanişi mumkin bölgan ilk ğoyalar aynan şu yerda paydo böladi. Sahnada taqdim etilgan loyihalar bilan tanişing.

AISHA AI — biznes uçun raqamli yordamçi

Asosçilar: Elzodxon Şarafaddinov, Alişer Tojiyev

Ğoya: kompaniyalar uçun “aqlli yordamçi” işlab çiqadigan loyiha. Ğoya – oddiy biznes vazifalarni turli sohalarda qöllaniladigan raqamli yeçimlar yordamida avtomatlaştiriş. Mahsulotlarimiz: Call metrics, Voice agent va Chatbot kompaniyalarga mijozlar bilan samarali işlaş, içki jarayonlarni kuçaytiriş va xodimlarga yuklamalarni pasaytirişga yordam beradi. ChatGPT kabi xalqaro servislar mavjud, lekin ular köpinça mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olmaydi va Özbekistondagi biznes jarayonlarga integratsiya qilinmagan. AISHA AI aynan mana şu böşliqni töldirişni maqsad qilgan.

Qanday işlaydi: tizim kompaniyalar ma’lumotlariga ulanadi va bir neçta funksiyalarni bajaradi:

Call metrics – qönğiroqlar tahlili, statistika tuziş, xizmat sifatini baholaş;

Voice agent – mijozlar qönğiroqlariga avtomatik javob beriş, zarur ma’lumotlarni taqdim etiş yoki zarurat bölganida operatorga ulaş;

Çat-bot – çatda mijozlarning tez-tez beriladigan savollariga javob beriş, hujjatlarni (şartnomalar, hisob-fakturalar, xatlar) avtomatik tarzda tayyorlaş, xodimlarga kerakli fayl va hisobotlarni topişda yordam beradi.

Bosqiç: ayni paytda AISHA AI prototipi kompaniyalarda sinovdan ötkazilmoqda.

Sayt: https://aisha.group/uz

Aixposure —ChatGPT’da körinib turiş