Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya klubi vakili Eldor Shomurodovning o‘yinini kuzatdi
Rossiya Premer-ligasi 19-turi doirasidagi «Spartak» - «Rostov» (1:4) uchrashuvini Fransiyaning «Lion» klubi vakillari Moskvaga kelib kuzatishdi.
Fransuz klubi «Rostov» hamda O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Betting Insider» muxbiriga «Rostov» klubidagi ishonchli manba xabar bergan.
«Lion» klubi vakillari 8 dekabr kuni Moskvada bo‘lib, Rossiya Premer-ligasi 19-turi doirasidagi «Spartak» - «Rostov» (1:4) uchrashuvini stadionda turib kuzatishdi.
Shomurodovga Ispaniyaning «Sevilya» klubidan ham qiziqish mavjud.
Shomurodov hozirgacha chempionatda 10ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xususan, «Spartak»ga qarshi bahsda Eldor jamoasining ikkita goliga hammualliflik qildi. Ushbu hujumchi 2019 yilda O‘zbekiston milliy jamoasida jami 10ta gol urgan.
2017 yildan buyon «Rostov» sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovning transfer bahosi Transfermarkt’ga ko‘ra, 2,5 million yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026