Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ayol 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi
Illyustrativ foto
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Postda.uz xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu maqsadda u tanishi, Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktirdi. Natijada tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi «Qurama» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush o‘rtog‘iga M.T. farzandini 500 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi.
M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5 500 000 so‘m pul olib kelib, N.T.ga 1 500 000 so‘m va chaqaloqning onasiga esa 2 200 000 so‘m pul hamda umumiy qiymati 500 000 so‘mlik kiyimlarni beradi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
22:20 / 03.02.2026
“AQSh elitasiga ham ichki, ham tashqi ishonchsizlik ortyapti” - tahlilchilar Epshteyn ishi haqida
10:21 / 19.12.2025
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi
17:21 / 13.12.2025