Jamiyat | 11:14 / 09.12.2019
15066
2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors tumanda avtomobil boshqarish bo‘yicha maslahatlar berdi

Foto: KUN.UZ

UzAuto Motors tumanli ob-havoda avtomobil boshqarish bo‘yicha 5 maslahat berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda tabiatimizda tuman tushishi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. 

Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etishingiz mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.

Ular: 

yo‘lga chiqishdan avval chiroq moslamalarini tekshiring. Yoqib ko‘ring, tashqi tekshiruv o‘tkazing. 

yo‘lda tumanga qarshi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barcha yoritgichlarni ishga tushirish shart emas, sababi tuman barcha yorug‘likni o‘zingizga qaytarib, yo‘l hodisasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. 

tumanli hududga kirishdan avval iqlim-nazorati: pech yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelishining oldini oladi. 

zarur holatda tezkor qaror qabul qilish uchun masofani saqlang. Masofa kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.

yo‘lda shoshilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yo‘lni ko‘rish imkoniyati past sharoitda tezkor chora qabul qilish murakkab bo‘ladi.

Mavzuga oid