Ma’lum qilinişiça, hozirda dovon böylab havo şaroiti özgaruvçan bölib, qor yoğişi harakatlanişda qiyinçiliklar keltirib çiqarişi mumkin. Ayrim joylarda tumanning quyuqlaşişi oqibatida yölning köriniş masofasi kamayib, haydovçilardan yuqori darajada ehtiyotkorlik talab etilmoqda.
Şu munosabat bilan barça haydovçilardan quyidagilarga qat’iy amal qiliş söraldi:
- tezlikni belgilangan me’yordan oşirmaslik va ob-havoga mos ravişda harakatlaniş;
- oldindagi transport vositasi bilan oraliq masofani saqlaş;
- keskin manyovr va xavfli quvib ötişlardan tiyiliş;
- zarurat bölganda yoruğlik moslamalarini yoqib harakatlaniş;
- yöl harakati qoidalariga töliq rioya qiliş.
Tuman va qorli havoda tormoz yöli uzayadi va yölning ayrim qismlarida muzlama paydo bölişi ehtimoli ortdi. Şu bois dovon orqali harakatlanuvçi haydovçilardan yölga çiqişdan oldin transport vositasi texnik holatini tekşiriş, zarur jihozlar (qişki şina, zanjir, birinçi yordam qutisi va boşqalar) bilan ta’minlangan holda yölga çiqiş tavsiya etildi.









