Jahon | 23:43 / 13.12.2019
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Kongressning quyi palatasi qo‘mitasi Trampga qarshi ayblovlarni qo‘llab-quvvatladi 

Foto: REUTERS

AQSh kongressi quyi palatasi huquqiy qo‘mitasi AQSh prezidenti Donald Tramp qarshi bildirilgan ikkita ayblovni ma'qulladi.

Ayblovlardan birinchisi hokimiyatni suiiste'mol qilish, ikkinchisi esa quyi palataning tergoviga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘langan.

Demokrat kongressmenlarning ta'kidlashicha, Tramp bir qator mansabdor amaldorlarga ko‘rsatmalar berishni hamda kongressmenlarga zarur hujjatlarning berilishini taqiqlagan.

Endi ayblovlar to‘liq tarkibdagi vakillar palatasida ovozga qo‘yiladi: kongressmenlar Trampga impichment e'lon qilish-qilmaslikni hal qilishadi.

Bu masala bo‘yicha ovoz berish 18 dekabrda o‘tishi kutilmoqda. Agar kongressmenlar Trampga qarshi ayblovlarni qo‘llab-quvvatlashsa, unda senatorlar AQSh prezidentini hokimiyatdan chetlatish masalasini yanvarda ko‘rib chiqishadi. 

Ayni vaqtda quyi palatada ko‘pchilik o‘ringa demokratlar, senatda esa Trampning partiyadoshlari – Respublikachilar partiyasi ega. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid